Ikkinchi bo'lim 
ODAMLAR BILAN MUOMALANING KATTA SIRI TO'G'RISIDA

Dunyoda odamlarni nimadir qilishga majbur etishning bitta yo'li bor. Bu haqda biror marta o'ylab ko'rganmisiz? Ha, faqat birgina yo'li bor. U ham bo'lsa, boshqa kishida shu ishni bajarish istagini amalga oshirishga majbur etishdir.
Esingizda bo'lsin: bundan boshqa yo'l yo'q. Albatta, siz to'pponcha o'qtalib turib, boshqa kishining soatini majburan yechib olishingiz mumkin. Xizmatchingiz bosh tortgan mahali, seni ishdan bo'shataman, deb qo'rqitib, ishlashga ham majbur eta olasiz. Shuningdek, go'dakni qo'rqitib, qamchin va do'q-po'pisa vositasida aytganingizni qildirishingiz mumkin. Ammo bular xunukdan-xunuk usullar bo'lib, oqibati noxush bo'lishi mumkin.
Sizni nimadir qilishga undash uchun men biror narsani amalga oshirishim kerak, bu narsa siz xohlagan narsani o'zingizga berishdir.
XX asrning venalik mashxur ruhshunoslaridan biri Zegmund Freyd aytadiki, bizning har bir harakatimiz asosida ikkita asosiy omil mavjud bo'ladi: bulardan biri jinsiy lazzatlanish va buyuk bo'lishga urinishdir.
Eng dovruqli olimlardan biri - faylasuf, professor Jop Dioi buni boshqacha yo'llar bilan ta'riflagan edi. Uning ta'kidlashiga ko'ra, inson tabiatiga xos bo'lgan barcha intilishlari zamirida o'zining qadrli bo'lishini istash yotadi. Bu juda katta ahamiyatga ega. Bu to'g'risidagi gaplarni qo'lingizdagi kitobdan juda ko'p marta o'qiysiz.
Xo'sh, siz nimani istaysiz? Ozmi-ko'pmi shu istaganlaringizga o'ta darajada erishish uchun tirishqoqligingiz sabab bo'ladi.
Deyarli har bir katta yoshdagi kishi quyidagilarni xohlaydi:
1. Salomatlik va hayotni saqlashni.
2. Ovqatni.
3. Uyquni.
4. Pul va sotib olish mumkin bo'lgan narsalarni.
5. Narigi dunyoda jannatga vosil bo'lishni.
6. Jinsiy huzur-halovatni.
7. Farzandlarining o'zidan tinchib ketishini.
8. Shaxsan qadrli bo'lishni anglashni.
Bu istak-xohishlarning barchasi qondiriladi, barchasi, faqat bpttasi bundan mustasno. Ovqat va uyqu singari juda kuchli va haqli bo'lgan birgina xohish juda kam ruyobga chiqadi. Buni Freyd  Buyuk bilishni xohlash, desa, Dioi lo'nda qilib, Qadrli bo'lishni xohlash istagidir, degan edi.
Bir kuni Linkoln o'zining hayotini shunday so'zlar bilan boshlagandi: Hamma xushomadni yoqtiradi. Uilyam Jeymsning so'zlari esa quyidagicha: Inson tabiatining chuqur xususiyatlaridan biri - kishining o'ziga yarasha qadrini munosib baholashga intilishdir..
E'tibor beryapsizmi, u shunchaki istak, talab yoki intilish deb aytmayapti. Balki qadrini munosib baholashga intilishdir, demoqda.
Bu insonni doimo iztirob iskanjasiga tashlagan so'nmas tashnalikdan iboratdir. Bunday tashnalikni qanoatlantiradigan kishi juda kam bo'lib, ular qalblarini zabt etadi, hatto u o'lib qolganida, go'rkov ham achinadi.
O'z qadr-qimmatini anglash uchun intilish odamzodni hayvondan farqlaydigan asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi. Bir misol keltirayin.Bolaligimda Missuridagi fermada istiqomat qilar edik. Otam zotdor dyurok-jersi nomli cho'chqa zotipi hamda zotdor oq bo'yin qoramol boqib, ularni ko'paytirish bilan shug'ullanardi. Biz o'zimizning cho'chqa va qoramollarimizni O'rta G'arbning okrug yarmarka va ko'rgazmalarida namoyish etardik. O'shana o'nlab marta birinchilik mukofotlarini olishga muvaffaq bo'lgan edik. Otam qo'lga kiritgan mukofotlarini bir parcha surpga qadab qo'yar, uyimizga mehmonlar va boshqalar kelganida, u bu surpni olib chiqar, nishonlarini ko'rsatib maqtanardi, men bir tomondan, otam ikkinchi tomondan surpni ushlab turar edik.
Cho'chqalarga esa o'zlari yutib olgan mukofotlarning aslo keragi yo'q edi. Ammo otamga qiziqarli edi. Bu mukofotlar o'sha o'zini yanada qadrliroq his qilishiga yordam berardi, albatta.
Agar bizning ota-bobolarimiz o'z izzat-nafsini tiyib, intilmaganida tarakqiyot ham bo'lmas edi.
Aynan ana shu o'zini anglashga nisbatan bo'lgan intilish bir ma'lumotsiz, kambag'al ish yurituvchini shu qadar noqulay ahvolga soldiki, u ellik sentga harid qilingan hamda ichiga latta-putta solingan bochka tagidan topib olingan xuquqshunoslikka doir kitoblarni o'qiy boshladi. Siz balki bu odam to'g'risida eshitgandirsiz? Uni Linkoln deb atashardi.
O'z qadrini bilishga intilish Dikkensni o'lmas romanlar yozish sari ilhomlantirdi. Ana shu intilish Kristofer Renni tosh xaqida poema bitishga undadi. Bunday intilish Rokfellerga millionlarni jamg'arish imkonini berib, u bu boylikni umrining oxirigacha sarflay olmadi. O'z qadrini bilishga intilish shahringizdagi eng badavlat kishiga, garchi zarur bo'lmasa-da, katta hajmdagi uyni qurishga majbur etdi.
Aynan shu intilish sizni eng oxirgi urfdagi liboslarni kiyishga, eng so'nggi rusumdagi avtomashinani haydashga va mislsiz bolalarimiz xaqida gapirishga majbur qiladi.
Aynan ana shu intilish ko'pgina o'smirlarda gangster yoki qotil bo'lish maylini uyg'otadi. Hozirgi paytda, - deydi Nyu-York politsiyasining sobiq, komissari U.P. Malruni, - yosh jinoyatchi butunlay shaxsiy olamiga g'arq bo'lib, qo'lga olingandan keyingi uning ilk iltimosi - undan qahramon yasagan ko'cha gazetasini berishlarini so'rashdir. Noxush issiqqina elektr kursisiga o'tirish ularning xayollariga ham kelmaydi, ular o'zlarining suratlarini Beyba Rut, La-Gardia, Eynshteyn, Lindberg, Toskanini yoki Ruzvelt kabi mashhur kishilar suratlari yonida ko'rishlarini jon-jon deb istaydilar.
Agar siz qay tarzda o'z qadringizga yetayotganingizni aytsangiz, men qanday odamligingizni aytib beraman. Bu sizning tabiatingizni belgilab beradi. Bu sizga tegishli bo'lgan eng muhim narsadir. Masalan, Jon D.Rokfeller Xitoy poytaxti Pekinda hali o'zi ko'rmagan millionlab kambag'al kishilar uchun shifoxona qurib berish bilan o'z qadrini anglab yetdi. Dillinjer esa bosqinchi sifatida banklarni o'marib va odamlarni o'ldirib, o'zining qadriga yetmoqchi bo'ldi. Federal izquvarlar byurosi agentlari uning izidan tushganida, u Linnesotdagi fermalarining biridagi uyi ichiga berkinib: Men Dillinjerman! deb hayqirgan edi. U jamiyatdagi birinchi raqamli dushman ekanligidan faxrlanar edi: Men sizlarga yomonlik qilmoqchi emasman, ammo men Dillinjerman. deb aytardi.
Ha, Dillenjer hamda Rokfeller o'rtasidagi asosiy tafovut shundaki, ularning har biri turli vosita bilan o'z qadrini anglashga erishgan.
Tarix taniqli kishilar ana shunday tan olishga ega bo'lish uchun kurashganliklarining bir-biridan g'alati misollariga ega. Hatto Jorj Vashington ham o'zini Qo'shma shtatlarning a'lo xazratlari deb atashlarini istagan, Kolumb Okean admirali va Hindistonning vitse koroli degan unvon bilan taqdirlashni so'rab, tavsiyanoma yuborgan. Ekaterina II esa Imperator janobi oliyalari deb nomlanmagan bo'lsa, hatto xat jildlarini ochishni ham lozim topmagan. Linkolnning xotini Grant xonimga sherbachcha misoli tashlanib: Mening ruxsatimsiz o'tirishga qanday jur'at qilding? deb qichqirgani ham bor gap.
Millionerlarimiz admiral Berdga Antarktidaga borish uchun tashkil qilingan ekspeditsiyani moliyaviy jihatdan ta'minlashar ekan, uning oldiga bitta shart qo'yadilar, ya'ni u erdagi muz bilan qoplangan tog' tizmalariga o'zlarining nomlarini qo'yishni talab qilishadi. Viktor Gyugo esa oz ham, ko'p ham emas, Parijni uning nomiga qo'yilishini istagan. Hatto mashxuri jaxon Shekspir o'zining nomi yanada jarangdor yangrashini xohlab, ajdodlari uchun maxsus gerb yasatmoqchi bo'lgan.
Ba'zan odamlar o'z qadrini sinash, boshqalarda achinish hissini uyg'otish hamda ularning e'tiborlarini tortish uchun o'zlarini kasallikka uradilar. Misol uchun, Mak-Kinli xonimni olib ko'raylik. U o'zining qadrini to'laqonli anglash maqsadida eri - AQSH prezidentini muhim ishlardan qoldirib bo'lsa-da, karavoti ustida enkaygancha xotinini uxlashga da'vat etib, soatlab turishga majbur etar edi. Bu xonim tishini davolatayotgan paytida ham erini mudom yonida bo'lishini istardi. Bir kuni u xonimni tish shifokori yonida qoldirib, davlat kotibi Jon Xey oldiga chiqqanida, bu xonim shallaqilik qilib, janjal ko'targan.
Meri Roberts Reynxardt xonim qobiliyatli, g'ayratli bir ayol o'z qadrini sinash maqsadida kasal bo'lib kelgani haqida gapirib bergan edi.
Ajoyib kunlarning birida, - deydi Reynxardt xonim, - bu ayol noxush o'yga botib o'tirib, jiddiy xayollarga beriladi, bu ehtimol, uning yoshi o'tayotgani yoki hech qachon turmush qurmaganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Oldinda yolg'izlikda o'tgan umri gavdalanar, u kutayotgan narsaning o'zi ham deyarli yo'q edi. Shunday xayollar og'ushida u to'shakka mixlanib qoladi. O'n yil davomida qartaygan onasi unga qo'lidagi patnis bilan uchinchi qavatga ovqat tashiydi. Nihoyat ona shu azob-uqubatlarga chidash bera olmay, dunyodan ko'z yumadi. Bir necha hafta davomida bemor toliqib qoladi va, nihoyat to'shakdan turib kiyinadi va yana kundalik bir me'yordagi hayotini davom ettiradi.
Ba'zi mutaxassislarning fikricha, ayrim odamlar bu mavjud dunyoning shafqatsiz oqimida yetarli qadr topa olmasalar jinni bo'lishlari yoki akldan ozishlari mumkin. Amerika Qo'shma Shtatlarida boshqa toifadagi barcha kasalliklarga nisbatan ruhiy xastalikdan aziyat chekuvchilar ancha ko'p ekan. Bordi-yu, siz Nyu-Yorkda o'n besh yoshdan oshgan bo'lsangiz, sizda yigirma bir imkoniyatdan yetti yilini ruhiy bemorlar shifoxonasida o'tkazish ehtimoli mavjud bo'lardi.
Buning sabablari nimada? Ushbu murakkab savolga hech kim javob bera olmaydi, ammo biz bilamizki, ayrim kasalliklar, masalan, zaxm miya to'qimalarini yemirib, yo'q qiladi va ruhiy kasallanishga olib keladi. Aslida ruhiy xastaliklarning deyarli yarmi jismoniy sabablar: miya to'qimalarining lat yeyishi, aroqxo'rlik, intoksikatsiya (organizmning zaharli moddalar, toksinlar bilan zaharlanishi) va har xil jarohatlanishlar oqibatida ro'y beradi. Ammo ruhiy xastalikdan aziyat chekuvchilarning ikkinchi yarmida esa ancha qo'rqinchli bo'lib, aftidap, miya to'qimalarida hech qanday organik yetishmovchiliklar bo'lmaydi. Bunday odamlarning o'limidan so'ng miya to'qimalari kuchli mikroskop orqali tekshirilganda, ularning sizu bizning miyamiz kabi sog'lom ekanligi aniqlangan.
Nima uchun bu odamlar aqldan ozadilar?
Yaqinda aynan shu savol bilan anchayin nufuzli ruhiy xastaliklar shifoxonasi vrachiga murojaat qildim. Bu doktor psixiatriya sohasida yuqori darajadagi e'tiborga sazovor bo'lgan va eng yuksak unvonu mukofotlar olgan. U menga ochiqdan-ochiq buning sabablarini bilmasligini aytnb, iqror bo'ldi. Hech kim ishonch bilan, bilaman, deb aytolmaydi, Shu bilan birga ko'pgina odamlar xastalanmagan hollarda qadr topa olmasalar, aqldan ozganlaridan keyin ham qadrsizlanib qolmaydilar, dedi. So'ngra u menga  quyidagilarni gapirib berdi:
Hozir menda turmushi fojia bilan to'lib-toshgan bir ayol davolanmoqda. Bu ayol sevgi-muhabbat, shahvoniy lazzat, bolalar va jamiyatda o'z urniga ega bo'lishga tashna bo'lgan. Ammo hayot uning barcha orzularini barbod qilgan. Eri uni yaxshi ko'rmagan. U, xatto xotini bilan bir stolda o'tirib tanovul qilishni xohlamagan hamda ovqatini yuqoridagi o'z xonasiga eltib berishga majbur etgan. Uning farzandlari ham, jamiyatda mavqesi ham bo'lmagan. Natijada u aqldan ozib, xayolan eridan ajralib, o'zining qizlik familiyasini olgan. Endi esa o'zini ingliz aslzodasiga turmushga chiqqanman, deb xayol qiladi, shuning uchun o'zini ledi Smit, deb chaqirishlarini talab qiladi.
Farzand masalasiga kelganda esa u xayolan har kecha farzand ko'radi. Men har safar uni ko'rganimda, doktor, men o'tgan kecha farzand tug'dim, deydi.
Hayot qachonlardir uning xayolan ko'rgan-kechirganlarini real turmush qoyalariga urib chilparchin qilgan bo'lsa-da, aqlsizlikning oftobli fantastik dunyosida uning barcha orzulari amalga oshgandek, yelkanlari baland ko'tarilgandek edi.
Bu juda fojialimi? O, men buni bilmayman, Uning davolovchi vrachi: Men uni ruhiy kasallikdan xalos etish imkoniyati bo'lganida ham bunday qilmagan bo'lar edim. Chunki u hozirgi holatida ancha baxtliroq his etadi o'zini, degandi.
Aslida aqli qosir kishilar sizu bizga nisbatan ancha baxtlidir. Ularning aksariyati me'yordagi odamlar bo'lmaslikni yoqtirishadi. Nega endi shunday bo'lmasligi kerak ekan? Ular o'z reallarini o'zlari hal etganlar. Ular sizga million dollarga chek yozib berishlari yoki Og'axonga tavsiyanoma maktubi bitishlari mumkin. Ular chin dunyoda intiq bo'lib kutgan qadr-qimmatilarini xayolot dunyosidan, o'zlari o'ylab topgan dunyodan topganlar.
Agar ayrim kishilar bunday aqlga o'ta tashna bo'lganlaridan haqiqatda akldan ozsalar, aqlsizlik dunyosining bu tomonlarini haqqoniy tushunishga erishish tufayli qanchalik ajoyib narsalarga ega bo'lishimizni bir tasavvur qilib kuring-a!
Menimcha, butun tarix davomida faqat ikki kishigina yiliga bir milliondan iborat maosh olishgan, xolos. Ulardan biri Uolter Kraysler, ikkinchisi esa Charlz Shvab.
Nima uchun Endryu Karnegi Shvabga yiliga bir million dollar yoki bir kunda uch yuz ming dollardan ziyod maosh to'lagan? Nega?
Shvab dahomidi? Yo'q. Chunki u boshqalarga nisbatan po'lat ishlab chiqarishni ko'p bilganmi? Safsata! Chunki Shvabning o'zi kaminaga po'lat ishlab chiqarishni menga nisbatan juda yaxshi biladiganlar juda ko'p, degan edi.
Shvabning aytishiga qaraganda, uning hammadan ko'p maosh olishiga sabab uning odamlar bilan muomalani juda o'rnida qo'ya olishidadir. Men undan buni qanday amalga oshirganini so'radim. Buning siri, uning so'zlari bilan aytganda, quyidagilardan iborat. Bu so'zlar abadiy bronzaga quyilib, har bir uy, har bir maktab, har bir do'kon va har bir muassasada osib kuyishga arziydi. Bolalar lotin fe'llarini yodlash yoki Braziliyada qancha yog'in yog'ishini bilishga vaqt sarflagandan ko'ra quyidagi so'zlarni yodlab olsalar, foydali bo'lar edi; chunki u hayotimizni tubdan o'zgartirib yuborar edi, agar biz uni shiorimizga aylantirganimizda, mutlaqo boshqacha manzara ro'y berar edi.
Mening eng qimmatli xislatim, - degan edi Shvab, - odamlarni tashabbuskorlikka chaqirish, ulardagi yaxshi qirralarni rivojlantirish, shu asosda qadr-qimmatlarini e'tirof etish va rag'batlantirishdan iboratdir.
Boshliqlar tomonidan bildirilgan tanqid inson izzat-nafsoniyatiga shunchalik qattiq tegadiki, bunday ta'sir kuchini inson boshqa joydan topa olmaydi. Men hech kimni hech qachon tanqid qilmayman. Men odamlarni ishda rag'batlantirish qanday ta'sir kuchiga ega ekanligiga juda yaxshi ishonaman. Shu sababli odamlarni maqtashni yoqtiraman va ularni xaqorat qilishga tobu toqatim yo'q. Menga nimadir yoksa, uni samimiy baholashda hamda ularni maqtashda juda saxiyman.
Mana, Shvab shunday ish tutadi. Odatda odam o'zini qanday tutadi? Butunlay teskari. Unga nimadir yoqmay qolsa, chappa-rosta qilib so'kinadi, bordi-yu, yoqsa hech nima demaydi.
Charlz Shvab shunday degan edi: Men juda ko'plab mashxur kishilar bilan bo'lgan muloqotlarimda shunga ishonch hosil qildimki, bu odamlar qanday mansab yoki martabaga ega bo'lmasinlar, tanqid muhshpiga nisbatan odamlar bilan xushaxloq munosabatda bo'lganlarida ko'p narsaga erishganlar.
Shvabning ta'kidlashiga qaraganda, Endryu Karnegining mo'jizaga teng muvaffaqiyatlari siri ham ana shunda. Karnegi o'z xodimlarini alohida ham, ko'pchilik ichida ham maqtar edi. U o'zining qabrtoshiga quyidagi so'zlarni bitib qo'yishni tayinlagan edi: Bu erda o'zidan ham aqlliroq kishilarni to'plashga qodir bo'lgan odam mangu orom olmoqda.
Rokfeller erishgan yutuqlarining bitta siri uning odamlarni sidqidildan qadrlashidan iborat edi. Masalan, uning sheriklaridan biri bo'lgan Edvard T.Bedford firmaga bir million zarar keltiradigan savdoga yo'l qo'yganida, Rokfeller uni tanqid qilishi mumkin edi, ammo u bu ishni qilmadi, chunki Bedford bundan yaxshiroq ishlashga intilishini u juda yaxshi bilgan. Shu bilan mojaro o'z poyoniga yetdi. Buning ustiga Rokfeller maqtov uchun bahona ham topa qoldi. U Bedfordni ajratilgan sarmoyaning, xarajatning oltmish foizini qutqarib qolgani bilan qutladi. Bu ajoyib, - dedi Rokfeller, - biz yuqori qavatda turganlar bunday yaxshi ishlay olmaymiz.
Bir kuni men ozishga jazm qildim. O'sha paytda bu urfga kirgan edi, shu sababli olti kechayu kunduz tuz totmadim. Bu unchalik og'ir emasdi. Oltinchi kuni ikkinchi kunga nisbatan kamroq och qoldim. Ammo oilani yoki xizmatkorlarni olti kun och qoldirish insofdan emas, ba'zan ovqat talab qilayotgandek qadr-qimmat istayotgan kishilarning izzat-nafsoniyatini sidqidildan qadrlashga e'tibor bermaymiz, e'tirof etmaymiz.
Venadagi qayta qo'shilish pesasidagi bosh rol ijrochilaridan biri Alfred Lunt shunday degan edi: Hammadan ko'ra men shaxsiyatimni qadrlashlariga muhtojman.
Biz ko'p hollarda farzandlarimiz, do'stlarimiz va xizmatchilarning jismoniy holatini qo'llab-quvvatlaymiz, ammo ularning o'zlarini hurmat qilishlariga juda kam yordam beramiz. Biz ularning kuchiga kuch qo'shish uchun qovurilgan go'sht bilan kartoshka beramiz-u, ammo uzoq yillar davromida xotiralarida yoqimli musiqa kabi jaranglab turadigan chin yurakdan chiqqan so'zlarini aytishlari uchun ko'pam qayg'urmaymiz.
Ayrim kitobxonlar bu satrlarni o'qib, shunday deyishlari mumkin: Eski gap-ku! Xushomadlar! Tanbehlarni karang-u! Tilyog'lamalik! Men bunday usullarning barini sinovdan o'tkazganman. Bular aqlli odamlar uchun hech qanday ta'sir kuchiga ega emas.
To'g'ri, quruq maqtov bilan ziyrak odamlarga juda kam ta'sir etish mumkin. Chunki u bo'sh, xudbinlik va soxtalikdan iboratdir. U muvaffaqiyatli qo'llanmasligi qerak, odatda, bunday bo'lmaydi ham. Ayrim kishilar tan olinishlarini shunchalik xohlashadiki, bu ham xuddi o'lguday och qolganda, xashak va chuvalchanglarni yutgan kishini eslatadi.
Nima uchun, masalan, aka-uka Mdivanilar ko'p xotinlik bo'lishiga qaramay, nikoh sohasida ulkan muvaffaqiyatga erishganlar? Nega endi bu soxta aka-uka knyazlar ikkita chiroyli va taniqli kinoyulduzga uylanib oldilar? Shuningdek, jaxonga mashxur Madonnasifat xonim va bir xil turdagi arzon do'konlar tomonidan millionlab foyda ko'rayotgan Barbara Xattonga uylanishga ulgurishdi? Nega? Ular bunga qanday erishdilar?
Liberti jurnalida Adela Rojers Sent-Jon shunday deb yozgan edi: Mdivani ayollarni nima bilan maftun etgan... bu ko'pchilik uchun yechilmagan sir bo'lib qoldi.
Pola Negri tegishli hayotiy tajribaga ega, erkaklarning mijozini tushunadigan va buyuk aktrisa bo'lib, buni menga quyidagicha tushuntirdn. U shunday degan edi: Ular shunday maqtash san'atini egallashganki, bu xolatni o'zim bilgan birorta erkakda uchratmaganman. Bizning hazil-mutoyibalardan mahrum hozirgi asrimizda xushomad qilish, maqtash san'ati deyarli unutib yuborilgan. Mdivanining ayollarni maftun etishi siri ham ana shunda. Men buni bilaman.
Hatto qirolicha Viktoriya ham maqtovni juda yoqtirgan. Dizraeli iqror bo'lib aytgan ediki, u qirolicha bilan aytishganida. u qo'poldan-qo'pol tarzda maqtar edi. Shunga qaramay, Dizraeli ulkan Britaniya imperiyasini boshqarayotgan kishilar orasida eng olijanob, hushyor va chaqqon edi. U o'z sohasining dahosifat siymosi edi. U eplagan ishlarni sizu biz har doim ham uddasidan chiqa olmaymiz. Oxir-oqibatda maqtov sizga foyda o'rniga ko'proq zarar keltiradi. Maqtov xuddi soxta pulga o'xshaydi, bu soxta pulni xarajat qilishning o'zi oqibat natijada kulfatga duchor qilishi mumkin.
Qadr-qiymatni e'tirof etish bilan maqtov o'rtasida qanday farq bor? Bu savolga javob berish juda oson. E'tirof etish, qadrlash - samimiy, maqtash esa soxtalik, ko'zbo'yamachilikdan iboratdir. Birinchisi yurakdan chiqadi, ikkinchisi faqat og'izdan aytiladi, xolos. Birinchisi arazlardan xoli, ikkinchisi esa xudbinlikning aynan o'zidir.
Birinchisi bilan faxrlanishadi, keyingisini hamma qoralaydi.
Yaqinda Mexikodagi Chapultepek saroyida general Obregonga qo'yilgan byustni ko'rdim. Byust tagiga generalning quyidagi hikmatli so'zlari o'yib yozilgan: Sizga hujum qilayotgan dushmandan qo'rqmang. Sizni hadeb maqtayotgan do'stlaringizdan qo'rqing!
Yo'q! Yo'q! Yo'q! Sizga tilyog'lama maqtov tomon yuguring, demoqchi emasman. Men yangicha hayot tarzini nazarda tutyapman.
Qirol Georg V Bukingem saroyidagi o'z kabinetida savlat berib turgan olti hikmatli so'zni juda yaxshi ko'rgan. Ulardan biri shunday jaranglaydi: Meni arzon maqtovni tarqatishga ham, uni olishga ham o'rgata ko'rmang. Maqtov juda arzon xushomaddir. Bir kuni maqtov so'zining ma'nosini aniqlamokchi bo'lsam, ma'nosi: Maqtov - odam o'zi to'g'risida nimani o'ylayotgan bo'lsa, o'shani gapirmoq, degani ekan.
Ralf Uoldo Emerson: Siz qanday iborani aytsangiz ham, o'sha so'zlar sizni aynan tavsiflab turadi.
Biz faqat bir-birimizni maqtash bilan shug'ullansak, bu hammaga tushunarli bo'lib, odamlar o'rtasidagi muomala masalalarida mutaxassis bo'lmay kolardik.
Agar biz biror muammo ustida bosh qotirmasak, odatda, to'qson besh foiz vaqtimizni o'zimiz haqimizda mulohaza yuritish bilan o'tkazamiz. Agar o'zimiz haqimizda o'ylashni bir zum to'xtatib, xamsuhbatimizning yaxshi jihatlari haqida o'ylaganimizda, og'zimizdan chiqishi bilan yaroqsizligi aniq bo'lib qolgan arzimas va quruq maqtovlarni so'zlamagan bo'lar edik.
Emerson yana shunday degan edi: Men duch kelgan kishilar qaysi bir jihatlari bilan mendan ustun turadi, ana shu ma'noda men undan o'rganishim mumkin.
Agar bu Emersonga nisbatan haqqoniy gap bo'lsa, siz bilan menga ming karra ibrat bo'ladigan fikrdir. Keling, shaxsiy muvaffaqiyatlarimiz, xohish-istaklarimiz haqidagi o'y-fikrlarni bas qilaylik. Boshqa odamlarning ibratli tomonlarini baholashga urinib ko'raylik. Keyin maqtashni esdan chiqaraylik. O'zingizning e'tirofingizni chin qalbdan samimiy bildiring. Baholatda chin yurakdan va maqtovda esa bag'rikeng, sahiy bo'ling, ana shunda odamlar sizning so'zlaringizni xotiralarida saqlaydilar, qadrlaydilar va siz unutib yuborgandan keyin ham umrlari davomida takrorlab yuradilar.
